Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilO‘zbekiston ilk bor “Daniya sayohatlari shousi”da ishtirok etdi

Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi elchixonasi va sayyohlik kompaniyalari ishtirokida tashkil etilgan mamlakatimiz stendida mazkur hududdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, ishtirokchilarning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha taqdimotlari, boshqa mamlakatlarga turlar tashkil etuvchi yirik mahalliy va xalqaro turoperatorlar bilan “G2B” va “B2B” uchrashuvlari, shuningdek, turizm marketingiga ixtisoslashgan jurnallar va onlayn platformalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Tadbirda Xitoy, Hindiston, Shri-Lanka, Tailand, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Gruziya, AQSH, Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Chexiya, Slovakiya, Polsha, Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Kenganiya, Mexanik orollari kabi 40 ga yaqin davlatdan 1000 dan ortiq turizm tashkiloti va soha vakillari ishtirok etdi. Bu yilgi uch kunlik tadbirda 60 000 ga yaqin mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.