Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
Batafsil2025-yil 20-30-mart kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi.

Ushbu haftalik doirasida respublikadagi joylashtirish vositalari hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, “Vaqf” xayriya fondi tomonidan yurtimizdagi 182 ta ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga bepul sayohat qilish hamda muzey va ziyoratgohlarga kirish chiptalari uchun 50% gacha chegirmalar belgilangan.
Qayd etish joizki, “Yoshlar turizmi haftaligi” Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻtkazilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, haftalik davomida turli ma’rifiy tadbirlar, madaniy festivallar va sport musobaqalari tashkil etiladi. Yoshlar o‘zlari uchun yangi sayohat yo‘nalishlarini kashf qilishlari va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Haftalik doirasida faol ishtirok eting – O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!