Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilDunyoning yetakchi onlayn sayohat kompaniyasi Expedia Oʻzbekistondagi hamkorlik orqali Markaziy Osiyodagi mavqeini mustahkamlmoqda

Muzokaralar davomida tomonlar mintaqada turizmni rivojlantirish, bron qilish jarayonlarini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni sayohat sohasiga joriy etishga qaratilgan tashabbuslarni taqdim etdilar.
Ta’kidlash joizki, milliy turoperator Expedia Group bilan bir yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda va sayohatchilarga butun dunyo bo‘ylab aviabiletlar, mehmonxonalar va turlarni taklif qilmoqda.
“Expedia Group bilan hamkorligimiz bir yil ichida turistik xizmatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Endi esa biz O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardagi iste’molchilarga yanada ko‘proq qulay va foydali imkoniyatlar taqdim etishga tayyormiz”, – dedi Asialuxe Travel vakili.
Expedia Group (AQSh) – dunyodagi eng yirik onlayn sayohat bron qilish platformasi hisoblanadi. Kompaniya ekotizimiga Expedia, Hotels.com, Orbitz, Travelocity va boshqa brendlar kiradi. Expedia Group ilg‘or texnologik yechimlar, qulay bron qilish xizmatlari va keng sayohat xizmatlarini taqdim etadi hamda millionlab sayohatchilarga butun dunyo bo‘ylab eng yaxshi takliflarni topish va bron qilishda yordam beradi.