29 март 2025 78
Eronda O‘zbekiston turizm salohiyati taqdim etildi

Tadbirda Eron kooperatsiya, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Ahmad Meydari, Xuziston gubernatori Muhammadrizo Mavalizadeh, sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi Amir Sadri, Tibbiyot turizmi uyushmasi raisi Hossein Nikunam va ushbu mamlakatning yetakchi turizm kompaniyalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston elchisi o‘z ma’ruzasida so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari rahnamoligida turizm sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Ushbu yo‘nalishdagi o‘zgarishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etib kelinayotgani, "BMT Turizm" Bosh konferensiyasining 25-sessiyasi 2023-yilda O‘zbekistonning Samarqand shahrida o‘tkazilgani va 2024-yilda Xiva shahriga Islom hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti, Shahrisabz shahri esa Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti maqomi berilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Samarqand shahri joriy yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilishi bildirildi.

Taqdimot davomida O‘zbekistonda o‘tkaziladigan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, xalqaro maqom san’ati, baxshichilik san’ati, hunarmandchilik festivallari, folklor va raqs san’ati bo‘yicha "Buyuk ipak yo‘li", "Lazgi" xalqaro festivallari, Toshkent xalqaro kinofestivali singari yirik madaniy tadbirlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.

Tehron universiteti professori Bahman Akbari o‘z nutqida Eron hukumati tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi yaqin qo‘shnichilikka qaratilgani va O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish ushbu yo‘nalishda muhim ekanligini bildirdi. U Eronning yetakchi turizm kompaniyalarini O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga chaqirdi.

Ulashish

So'ngi Yangiliklar / Makolalar

Yangiliklar
09 июн 2025 57

Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...

Batafsil
Yangiliklar
09 июн 2025 35

Yaqinda Buxoroda an’anaviy ipak va ziravorlar festivali o‘tkazilib, minglab mehmonlarni o‘ziga jalb etdi. Festivalda o‘zbek madaniyati va milliy mahsulotlar namoyish etildi.   ...

Batafsil
Yangiliklar
02 июн 2025 39

Buxoroda yangi turizm klasteri ochilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, mehmonxonalar, restoranlar, madaniy markazlar va qadimiy yodgorliklar zonasi yaratiladi.   ...

Batafsil
Makolalar
26 май 2025 27

O‘zbekistonda joylashgan eng qadimiy va tarixiy yodgorliklardan biri bu — Buxorodagi Ark qo‘rg‘onidir. Bu ulkan inshoot ming yillar davomida Buxoro amirlarining siyosiy va madaniy markazi bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi kunda Ark nafaqat tarixiy obida, balki turistlar uchun diqqatga sazovor joy hamdir. Ark qo‘rg‘oni tarixi miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. U dastlab tuproqdan qurilgan bo‘lib, keyinchalik mustahkam g‘ishtli devorlar bilan o‘ralgan. Ark Buxoro amirligi davrida amirlar saroyi, harbiy qarorgoh va davlat boshqaruvi markazi sifatida faoliyat yuritgan. Asosiy tarixiy faktlar: Ark 2 ming yildan ortiq tarixga ega. Buxoro amirlarining qarorgohi bo‘lgan. Ichida masjid, qamoqxona, sud binosi, kutubxona va amirning uy-joyi bo‘lgan. Ark qo‘rg‘oni me’morchiligi o‘ziga xos bo‘lib, qadimgi Sharq arxitekturasi an’analarini o‘zida mujassam etgan. Devorlari 20 metrgacha balandlikda, kirish eshigi esa monumental tarzda bezatilgan. Ichkarida Jome masjidi, qabulxonalar, kutubxona, me’moriy bezaklar, ganch o‘ymakorligi kabi ko‘plab qadimiy elementlar mavjud. ...

Batafsil
girl

Ekskursiyani tanlashda yordam kerakmi?

Muammoni tanlashda muammo bormi?
Bizda ekskursiyani tanlashda yordam beradigan tajribali menejerlarimiz bor.

Telefon raqami
+998 (93) 963-00-00
Manzil
ул. Ислома Каримова 21, Бухара

Aloqa