Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
Batafsil"MITT-2025" xalqaro turizm yarmarkasida 100 dan ortiq kelishuvlarga erishildi.

"MITT-2025" xalqaro turizm yarmarkasida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va "Milliy PR-markazi" DUK tomonidan "O‘zbekiston" milliy stendi tashkil etildi va yurtimizning turizm salohiyati yuqori saviyada namoyish qilindi.
Tadbirda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi 8 ta turistik firma, "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasi hamda Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Navoiy viloyatlar va Toshkent shahri turizm boshqarmalari vakillari ishtirok etib, 100 dan ortiq kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston stendi ko‘rgazmadagi eng ko‘p tashrif buyurilgan stendlardan biriga aylandi. Ko‘rgazmaning birinchi ish kunida O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stendda milliy raqslar namoyish etildi, turizmning turli yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar taqdim qilindi. Unda tashrif buyuruvchilar o‘zbek xalqining boy madaniyati va tarixi bilan tanishtirildi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston o‘zining qadimiy tarixi va boy madaniy merosi tufayli rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur yo‘nalishlarning TOP-10 taligiga kiradi.
MITT – bu Moskvada 30 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan xalqaro turizm va mehmondo‘stlik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib, turizm sohasidagi eng yirik va ahamiyatli B2B tadbirlardan biri hisoblanadi. Har yili bu yerga dunyoning turli burchaklaridan soha mutaxassislari kelib, o‘zaro tajriba almashadilar va hamkorlik o‘rnatadilar.
Shuningdek, bu yilgi ko‘rgazmada O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish ekoturizm, sarguzasht turizmi va gastronomik sayohatlar yo‘nalishlarida yanada oshgani kuzatildi. Tashrif buyuruvchilar Buyuk Ipak yo‘li merosi, tarixiy obidalar va o‘ziga xos o‘zbek taomlarini tatib ko‘rish istagini bildirganlari, O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.