Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilMoskva viloyati markaziy ko'chalarida O'zbekiston tarixi va sayyohlik salohiyati targ'ib etilyapti

Xususan, joriy mart oyidan boshlab Moskva viloyati shaharlari markazlaridagi eng gavjum chorrahalarda, sayyohlar eng ko'p keladigan mashhur maydonlardagi ekranlarda O'zbekistonning boy madaniy merosi, sayyohlik salohiyati va zamonaviy qiyofasiga bag'ishlangan videolavhalar namoyishi yo'lga qo'yildi.
"O'zbekistonga xush kelibsiz" shiori ostidagi lavhalarda Moskva viloyati aholisi va mehmonlari e'tiboriga yurtimizdagi qadimiy obidalar, dunyoga mashhur masjidlar, madrasalar va minoralar hamda Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarimiz haqidagi muhim ma'lumotlar taqdim etilyapti.
Yurtimiz haqidagi videomateriallar mart oyi davomida 24 soat ushbu ekranlar orqali ko'rsatiladi.
Mazkur loyiha O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Moskva viloyati hukumati ko'magida amalga oshirilmoqda.