Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilIspaniyadagi FITUR ko‘rgazmasida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari namoyish etilmoqda

Delegatsiya tarkibidan mamlakatimizning Rocket DMC, Orient star group, Sonder Voyage, Uzbekistan Discovery, Zamin travel, El mundotour, Olympic tour, Advantour, Asialux Travel, Dolores, Samarcanda adventures kabi yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari ham bor edi.
O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimiz salohiyatini xorijda ommalashtirish, xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida korxonalarimizning sayyohlik mahsulotlari, jumladan, yangi yo‘nalishlar va turpaketlar namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmada o‘zbek milliy musiqasi, folklor va raqs san’atini keng targ‘ib qilish, O‘zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini targ‘ib qiluvchi materiallar namoyish etilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro turoperatorlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan B2B va B2G uchrashuvlarini, shuningdek, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va jahon turizm industriyasi vakillari bilan muzokaralarni faol o‘tkazayotganini alohida ta’kidlash joiz.
Ma’lumot uchun: FITUR – Madriddagi Ifema ko‘rgazma markazida muntazam o‘tkazib kelinadigan xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi. Ko'rgazmada har yili turizm industriyasining barcha qatlamlari vakillari ishtirok etadilar: turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, tashuvchilar, sayyohlik ofislari, servis kompaniyalari va boshqalar. O‘zbekiston “FITUR” xalqaro ko‘rgazmasida 2005 yildan buyon ishtirok etib keladi.
Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekistonni Yevropaning ustuvor turizm yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish va sayyohlik oqimini oshirish uchun yangi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
“FITUR” 26 yanvarga qadar davom etadi.