Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilO‘zbekiston Hindistonda o‘tkazilayotgan eng yirik xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etmoqda

Turizm qo‘mitasi stendida O‘zbekistonning o‘nta yirik turoperator va agentligi eng so‘nggi sayyohlik yo‘nalishlari, madaniy diqqatga sazovor joylar va yangi infratuzilmani, shuningdek, hindistonlik sayyohlar uchun maxsus takliflarni namoyish etmoqda.
Ko‘rgazma davomida xorijlik ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, boy madaniy va tarixiy merosi haqida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Mamlakatimizni nafaqat Hindiston, balki Janubiy Osiyoning barcha mamlakatlarida targ‘ib qilish va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida konferensiya va seminarlarda ishtirok etish, sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish, “B2B” uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
SATTE Janubiy Osiyodagi yetakchi sayyohlik ko‘rgazmasi sifatida tan olingan bo‘lib, tadbir 50 dan ortiq mamlakatlardan 2000 dan ortiq ishtirokchilar va 40 mingdan ortiq mehmonlarni jalb qiladi.