Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilNyu-York shahridagi "Tayms-skver" maydonidagi ekranlarda O‘zbekiston sayyohlik salohiyati targ‘ib qilinmoqda.

Mazkur loyiha O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan mamlakatimizning turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Dunyoning eng ko‘p tashrif buyuradigan joylaridan biri — "Tayms-skver"dagi ikkita yirik ekranda O‘zbekistondagi qadimiy obidalar, tarixiy shaharlarimiz, betakror tabiati va madaniy xilma-xilligi aks etgan videolavhalar namoyish etilmoqda. Bunday targ‘ibot tadbirlari mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish, xorijiy sayyohlar va investorlarni jalb qilish hamda xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
"Dunyo chorrahasi" nomi bilan mashhur "Tayms-skver" Nyu-York shahrining eng diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib, har kuni ushbu maydonga yuz minglab odam tashrif buyuradi.
Tashkilotchilar ushbu loyiha sayyohlarda qiziqish uyg‘otib, ularni uzoq tarix, boy madaniyat va Sharqona jozibaga ega O‘zbekistonni kashf etishga ilhomlantirishiga ishonch bildirdilar. Bundan tashqari, ushbu tashabbus O‘zbekistonning jahon miqyosidagi sayyohlik brendi sifatida tanilishiga yangi imkoniyatlar yaratadi.