Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilO‘zbekistonning turizm salohiyati va jozibadorligi Sibirda keng targ‘ib qilinmoqda

Tadbirda Rossiyaning yetakchi sayyohlik agentliklari vakillari, mahalliy ishbilarmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va sayohat ixlosmandlari ishtirok etdi. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari – Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentning sayyohlik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Taqdimot davomida O‘zbekistonning milliy taomlari, an’anaviy hunarmandchiligi va zamonaviy turistik infratuzilmasi haqida ham so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilari uchun o‘zbek madaniyatiga oid videoroliklar namoyish etildi.
Rossiyalik sayyohlar uchun O‘zbekistonga sayohat qilish yanada qulay bo‘lishi uchun viza tartiblarining soddalashtirilgani, bevosita aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.