Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilSamarqand shahrining turistik salohiyati Sankt-Peterburgda taqdim etildi.

Tashrif doirasida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Samarqand shahrining sayyohlik imkoniyatlari taqdimoti va "Road shou" tashkil etildi.
Ishtirokchilarga Samarqandning noyob tarixiy-madaniy merosi, turizm infratuzilmasi, yangi yo‘nalishlar va rossiyalik sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, Rossiya turoperatorlari uchun qo‘shma marketing kampaniyalari va reklama turlarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Hamkorlik shartnomalarini imzolash, turizm sohasi mutaxassislari uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va madaniy-ma’rifiy turizm sohasida qo‘shma loyihalarni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
Sankt-Peterburg Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilya Bannov O‘zbekiston bilan hamkorlik faol rivojlanib borayotganini, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlik almashinuvining keskin o‘sayotgani bu yo‘nalishga katta qiziqish borligidan dalolat berishini ta’kidladi.
"Silk Road Samarkand" turkompaniyasi vakillari shaharning MICE-turizmi sohasidagi salohiyatiga e’tibor qaratdilar. Ta’kidlanganidek, zamonaviy infratuzilma, kongress markazlari va logistika yechimlarining mavjudligi Samarqandga o‘zini mintaqaviy va xalqaro miqyosda ishbilarmonlik uchrashuvlari markazi sifatida ko‘rsatish imkonini berdi. Sankt-Peterburgdagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan qo‘shma loyihalarni tashkil etish bo‘yicha aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yana-da mustahkamlash, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va turistlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.
Tashrif Sankt-Peterburg va Samarqand o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yuqori salohiyatini tasdiqladi va turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun poydevor yaratdi.