Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilSurxondaryoda ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi

Surxondaryoda “Ichki turizm yarmarkasi” doirasida keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazildi
Yarmarka doirasida milliy madaniyat markazlari, viloyatning o‘ziga xos turistik maskanlari, madaniy meros obyektlari va biologik xilma-xillik namoyish etildi. Shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari uyushtirilib, tashrif buyuruvchilarga mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdim qilindi.
Tadbir davomida turizm sohasi vakillari o‘rtasida “B2B” uchrashuvlari o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
Ushbu yarmarka ichki turizmni yanada rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni kengaytirish va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.