21 март 2025 63
Yaponiyada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida yangilangan qo‘llanma chop etildi.

"O‘zbekistonga birinchi sayohat" nomli 144 sahifali kitobda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaning 44 ta diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, ushbu shaharlarning betakror muhitini aks ettiruvchi 700 dan ortiq fotosurat bilan bezatilgan.

Mazkur kitobda O‘zbekistonning eng qadimiy me’moriy yodgorliklari joylashgan mashhur sayyohlik maskani Samarqand, cho‘l vohasi Buxoro, sahroda joylashgan qal’a-shahar Xiva hamda poytaxtimiz Toshkent shahri haqida ma’lumotlar jamlangan.

Qo‘llanmada har bir shahardagi mashhur sayyohlik joylar, me’moriy yodgorliklar, milliy taomlar va eng sara mehmonxonalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, unda O‘zbekistonga tashrif buyurganingizda albatta tatib ko‘rishingiz lozim bo‘lgan milliy taomlar ro‘yxati hamda esdalik sovg‘alari haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, bu mamlakatga ilk bor tashrif buyuruvchilar uchun qulay qo‘llanma vazifasini o‘taydi.

Muallifi kitob ustida ishlash jarayonidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, shunday dedi: "Besh yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonga yana tashrif buyurdim va hayratda qoldim: mamlakat men kutganimdan ancha taraqqiy etgan ekan. Koronavirus pandemiyasi davrida bu yerda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani ko‘zga yaqqol tashlanadi. Umid qilamizki, ushbu kitob o‘quvchilarga zamonaviy O‘zbekiston, uning Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liq tarixiy obidalari, shuningdek, betakror o‘zbek milliy taomlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi."

Yamaki Mixo nafaqat yozuvchi, balki sayohatchi va professional fotograf hamdir. Uning "Tokio va Tayvan sayohati", "Janubiy Koreyaning mazali taomlari", "Birinchi marta Vladivostokka sayohat" kabi kitoblari yaponiyaliklar orasida mashhurlikka erishgan.

Ulashish

So'ngi Yangiliklar / Makolalar

Yangiliklar
09 июн 2025 57

Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...

Batafsil
Yangiliklar
09 июн 2025 35

Yaqinda Buxoroda an’anaviy ipak va ziravorlar festivali o‘tkazilib, minglab mehmonlarni o‘ziga jalb etdi. Festivalda o‘zbek madaniyati va milliy mahsulotlar namoyish etildi.   ...

Batafsil
Yangiliklar
02 июн 2025 39

Buxoroda yangi turizm klasteri ochilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, mehmonxonalar, restoranlar, madaniy markazlar va qadimiy yodgorliklar zonasi yaratiladi.   ...

Batafsil
Makolalar
26 май 2025 27

O‘zbekistonda joylashgan eng qadimiy va tarixiy yodgorliklardan biri bu — Buxorodagi Ark qo‘rg‘onidir. Bu ulkan inshoot ming yillar davomida Buxoro amirlarining siyosiy va madaniy markazi bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi kunda Ark nafaqat tarixiy obida, balki turistlar uchun diqqatga sazovor joy hamdir. Ark qo‘rg‘oni tarixi miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. U dastlab tuproqdan qurilgan bo‘lib, keyinchalik mustahkam g‘ishtli devorlar bilan o‘ralgan. Ark Buxoro amirligi davrida amirlar saroyi, harbiy qarorgoh va davlat boshqaruvi markazi sifatida faoliyat yuritgan. Asosiy tarixiy faktlar: Ark 2 ming yildan ortiq tarixga ega. Buxoro amirlarining qarorgohi bo‘lgan. Ichida masjid, qamoqxona, sud binosi, kutubxona va amirning uy-joyi bo‘lgan. Ark qo‘rg‘oni me’morchiligi o‘ziga xos bo‘lib, qadimgi Sharq arxitekturasi an’analarini o‘zida mujassam etgan. Devorlari 20 metrgacha balandlikda, kirish eshigi esa monumental tarzda bezatilgan. Ichkarida Jome masjidi, qabulxonalar, kutubxona, me’moriy bezaklar, ganch o‘ymakorligi kabi ko‘plab qadimiy elementlar mavjud. ...

Batafsil
girl

Ekskursiyani tanlashda yordam kerakmi?

Muammoni tanlashda muammo bormi?
Bizda ekskursiyani tanlashda yordam beradigan tajribali menejerlarimiz bor.

Telefon raqami
+998 (93) 963-00-00
Manzil
ул. Ислома Каримова 21, Бухара

Aloqa